“Ilm — qalbning nuridir. Nursiz qalb o'likdir”
“Ilm nurdir, johillik esa zulmatdir. Nur orqali inson yo'lini topadi, zulmat esa uni yo'ldan adashtirur”
“Odam bolasi ilmsiz bo'lsa, ko'rdir; ko'r kishi esa haq yo'lini topa olmaydi”
“Insonning saodati – uning taqvo va ilm bilan ziynat topishidadir”
“Ilm amalsiz foyda bermas”
“Sabr qilgan kishi muhabbatga yetar”
“Sabr — iymonning yarmidir”
“Ey, aziz! Hayotingni haqiqat va taqvo asosida tuz, nafsingga ergashma”
“Ey, inson! Haqiqatdan yuz o'girma, chunki uning o'rnida zulmatdan o'zga narsa yo'q”
“Haqiqatni izlagani uchun inson e'tiborli va sabrli bo'lishi lozim”
“Taqvo bilan yashash kerak, taqvo bilan so'zlash kerak, taqvo bilan fikrlash kerak”
“Taqvo — qalbning qulfidir. Qulfsiz uyga har qanday yov kirib kelgani kabi, taqvosiz qalbga ham har turli yomonlik kirib kelur”
“Taqvo – eng ulug' fazilat, eng yuksak himmat va eng aziz toatdir”
“Hech bir gunohni kichik hisoblamaslik”
“Bid'atlarni, dinga keyinchalik suqilib qolgan narsalarni tashlab, sunnat bo'lgan amallarni bajarish”
“Har narsadan Alloh rizosini ustun qo'ymoq. U rozi bo'lmaydigan narsalardan uzoq turmoq”
“O'limni juda yaqin bilib, so'nggi nafasida imon bilan ketish uchun diqqat-e'tibor va andishali bo'lish”
“Nafs bilan kurashib, uni yengish”
“Har bir ishni yaxshi niyatda boshlamoq”
“Umr oʻtdi, kеchirgaysan, Ilohim! Koʻzim yoshli: axir, koʻp-ku gunohim...”