“Jasadda Ollohga shikoyat qilmaydigan birorta a'zo yoʻq. Shulardan eng gʻazabnok va oʻtkiri tildir”
“Salomatlik quvonchini totmoqchi kishi jim yurishni oʻrgansin”
“Yomon so'z — zaxarli ilon kabi, u qalbni zaxarlaydi”
“Jim yurgan kishi najot topdi”
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dеdilar: «Kimki mеnga ikkala jagʻi va oyoqlari orasidagi narsaning kafolatini bеrsa, mеn unga jannatning kafolatini bеraman”
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jim yurish - hikmat. Ammo bunga amal qiluvchilar kam» dеgan edilar”
“Insonga eng itoatsiz a'zo tildir. Til insonni yoʻldan ozdirishda shaytonning eng kuchli qurolidir”
“Bilgin! Kimki tilning jilovini boʻsh qoʻyib yuborsa, shayton uni minib oladi, jar yoqasiga haydab, halokatga sudraydi. Odamlar tillari «ekkan hosil»lar tufayli jahannamga yuz tuban qulaydi”
“Dunyo muhabbati insonni ko'r qiluvchi hirs kabidir”
“Dunyo muhabbati – gunohlar sari yetaklar”
“Dunyo muhabbati – ofat, oxirat muhabbati – saodatdir”
“Dunyo muhabbati — har bir gunohning boshidir”
“Balo va musibat oriflar (donolar) uchun qandil, Alloh yoʻlini izlovchilar uchun omil, iymonlilar uchun bir islohchi, gʻofillar uchun esa oʻlim xabarchisidir. Kishi musibatga duchor boʻlganda roziligini namoyon etmaguncha va sabr qilmaguncha IYMONdan maza topmaydi”
“Ilm – qalbning nuri, nafs esa tundlikdir”
“Ilm amalsiz bo'lsa, shoxsiz daraxt kabidir”
“Olim – tirikdir, johil – o'likdir”
“Ilm – qalbni ravshan etuvchi nurdir”
“Ilm ahli haqiqat yo'lida harakat qiladi, qalblari nur bilan to'lgan”
“Ilm inson qalbining nuri, aql yo'l ko'rsatuvchidir”
“Ey, inson! Sen bilimsizlik bilan yashaysanmi yoki ilm bilan ma'naviy yuksalishga intilasanmi”