Abu Hamid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy [1058 — Tus (Eron) — 1111] — Faylasuf Tus shahrida tug‘ilib o‘sdi. Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga ko‘tarildi. 1091 yildan boshlab u Bag‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. islom ilohiyotchisi, faylasuf, mutasavvif.
Imom G`azzoliy haqida ma’lumot
Abu Hamid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy [1058 — Tus (Eron) — 1111] — Faylasuf Tus shahrida tug‘ilib o‘sdi. Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga ko‘tarildi. 1091 yildan boshlab u Bag‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. islom ilohiyotchisi, faylasuf, mutasavvif.
„Gʻazzoliy“ taxallusi haqida turli fikr bor. Baʼzi olimlar gʻazzol (ip yigiruvchi) oilasida tugʻilgan, shu sababdan Gʻazzoliy taxallusini olgan desa, boshqalari esa Gʻazola (Tus yaqinidagi qishloq)da tugʻilgan, shuning uchun taxallusi Gʻazoliy deb hisoblaydilar. Nishopur (Sharqiy Eron) va Bagʻdodda taʼlim olgan. „Nizomiya“ madrasasi (Bagʻdod)da islom huquqshunosligidan dars bergan. Mudarrislikdan voz kechib, 11 yil zohidlikda hayot kechirgan, ilm bilan mashgʻul boʻlgan. 1105-yilda Nishopurga kelib, yana madrasada mudarrislik qildi, ammo bu hol uzoqqa choʻzilmadi. Tusga koʻchib borib 300 ga yaqin talabaga xususiy tarzda dars berdi. Imom G‘azzoliy islom tafakkuri tarixida eng yirik mutafakkirlardan biri bo‘lib, u fiqh, kalom, falsafa, tasavvuf, mantiq va axloq ilmlarini chuqur rivojlantirgan allomadir. U Sharq va G‘arb ilmiy an’analariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan, islomiy tafakkurda aqliy va ruhiy bilimlar uyg‘unligini asoslab bergan buyuk olim sifatida tanilgan.
To‘liq ismi: Abu Homid Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy at-Tusiy Laqabi: Hujjat ul-Islom (Islom dalili)
Tug‘ilgan yili: 1058-yil (450-hijriy)
Tug‘ilgan joyi: Tus shahri (Xuroson, hozirgi Eron hududi)
Vafot etgan yili: 1111-yil (505-hijriy)
Ilmiy shakllanishi
Imom G‘azzoliy dastlabki ta’limni Tus shahrida olgan. Keyinchalik Nishopur shahrida mashhur olim Imom al-Juvayniy (Imom al-Haramayn)**dan tahsil olib, fiqh (shofi’iy mazhabi), kalom, mantiq va falsafani mukammal egalladi.
U o‘z davrida ilmiy salohiyati bilan ajralib turib, Saljuqiylar davlatining vaziri Nizom ul-Mulk tomonidan Bag‘doddagi mashhur Nizomiya madrasasiga mudarris etib tayinlandi.
Ruhiy inqiroz va tasavvufga yuzlanishi
Imom G‘azzoliy 30 yoshlarida chuqur ruhiy va falsafiy inqirozni boshdan kechirdi. U ilmning faqat tashqi (aqliy) tomonigina emas, balki ichki (qalbiy va ruhiy) haqiqatiga ham yetish zarurligini anglab yetdi. Natijada u:
mansab va shuhratdan voz kechdi;
Bag‘doddan chiqib ketdi;
Damashq, Quddus va Makka shaharlarida uzlat va riyozat bilan shug‘ullandi.
Shu davrda u tasavvufni chuqur o‘rganib, haqiqiy ma’rifat qalb pokligi orqali hosil bo‘lishi g‘oyasini ilgari surdi.
Imom G‘azzoliyning ilmiy faoliyati va qarashlari
Imom G‘azzoliy quyidagi sohalarda fundamental asarlar yaratgan:
1. Fiqh va usul al-fiqh
Shofi’iy mazhabining yirik nazariyotchisi
Fiqhni axloq va niyat bilan bog‘lagan
2. Kalom (islomiy aqida)
Ahl as-sunna va-l-jamoa aqidasini himoya qilgan
Mutazila va botiniy oqimlarga ilmiy raddiyalar yozgan
3. Falsafa
Yunon falsafasini chuqur o‘rganib, tanqidiy tahlil qilgan
Aqlni inkor etmagan, balki uni vahiy bilan muvozanatda ko‘rgan
4. Tasavvuf
Tasavvufni shariat asosida tizimlashtirgan
Ichki poklanishsiz haqiqiy ilm bo‘lmasligini asoslagan
Asarlari
Imom G‘azzoliy 400 dan ortiq asar yozgan (ba’zilari bizgacha yetib kelmagan). Eng mashhur asarlari:
Asosiy asarlari:
“Ihyo ulum ad-din” („Diniy ilmlarni tiriltirish“) – islom axloqi, ibodat, muomalot va qalb tarbiyasi haqidagi ensiklopedik asar
“Tahofut al-falosifa” („Faylasuflarni rad etish“) – falsafachilarning qarashlarini tanqid qiluvchi asar
“Maqosid al-falosifa” („Faylasuflarning maqsadlari“) – falsafaning asosiy tushunchalari bayoni
“Al-Munqiz min ad-dalol” – muallifning ruhiy izlanishlari va ilmiy yo‘li haqidagi avtobiografik asar
“Kimyo-yi saodat” („Saodat kimyosi“) – axloqiy-tasavvufiy asar (fors tilida)
Uning fiqhga doir „Bosit“, „Vojiz“, „Vosit“, aqidaga doir „Qavoid al-Aqoid“ („Aqidalarning qoidalari“), „ar-Risolat al-qudsiya“ („Qudsiya risolasi“) „Mukoshafat ul-qulub“ („Qalblar kashfiyoti“) asarlari mashhur. Shuningdek, asarlari olim ijodida muayyan oʻrinni egallaydi. Bu asarlarda Forobiy, Ibn Sino, Abu Hayyon at-Tavhidiy qarashlarining taʼsirini koʻrish mumkin.
Imom G‘azzoliy:
Islom ilm-fanida aql va vahiy uyg‘unligini mustahkamladi
Tasavvufni bid’atlardan tozalab, shariat bilan bog‘ladi
Yevropa skolastik falsafasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi (Averroes va Tomas Akvinskiy orqali)
Sharq olimlari uni: “Islom dinining tiriltiruvchisi” deb e’tirof etganlar.
Imom G‘azzoliy islom tafakkuri tarixida ilm, axloq va ruhiyatni birlashtirgan noyob shaxsdir. Uning asarlari bugungi kunda ham diniy-ma’naviy tarbiya, falsafiy tafakkur va axloqiy kamolot masalalarida muhim manba bo‘lib qolmoqda
Hayratda qolarli darajada teran bilimga ega bo‘lgan bu ulug‘ zot davrining barcha ilmlari bo‘yicha yetuk bo‘lganlar, zohiriy va botiniy ulamolar orasida katta jarlik yuzaga kelgan bir paytda har ikki tomonni murosaga keltirgan benazir olimdir. Qisqa umrlari davomida turli sohalarda va mavzularda ko‘plab ulug‘ asarlar yozdilar, ta’lif etdilar. «Ihyoi udumid-din» ilm olamida ma’nolari chuqurligi bilan mashhurdir. Boshqa barcha asarlari ham u zotni dunyoga fazilat va kamolot sohibi sifatida tanitdi.
Shogirdlaridan juda ko‘pchiligi u zot yonida zohir va botin ilmlarining shavqlarini totib, maqsadlariga yetdilar. O’zidan yiroqda bo‘lganlarga maktublar yo‘llab ilm va irshod maqomida xizmatlarini davom etdirdilar va davom etdirmoqdalar, bu nurlardan kelajak avlodlar ham bahramand bo‘ladilar, inshaalloh. Bunday ziyo manbasida, ilm osmonida pirlant (brilliant) qandillarga, bilimdonlik zaminida nur chashmalariga aylangan «Al-munqizu minaz zalol» va «Ayyuhal valad» asarlari shular jumlasidandir.
Islom olami, butun dunyo 900 yildan buyon hazrat G’azzoliy asarlaridan o‘rganib kelmoqda, bu asarlar turli tillarga tarjima qilingan. Sharq mamlakatlaridan tashqari Ovro‘pa, hatto Amerikada u zot nomida ilmgoh (institut) lar ochilib, hayoti va ilmiy faoliyatiga bog‘liq tadqiqotlar olib borilmoqda. G’azzoliy kabi zotlarning nufuzli asarlari har bir asr, har bir jamiyat uchun har doim faqat foyda keltiradi.
Gʻazzoliy oʻz asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Gʻazzoliy xudoni aql orqali anglash mumkin emas, uni maxsus ruhiy, jismoniy harakatlar — sigʻinish va ibodatlar orqali anglash mumkin deb hisobladi. Sunniylik aqidalarini tasavvuf ideallari bilan birga qoʻshib talqin qilgan. Gʻazzoliyning fikricha, insonning Alloh buyurgan amallardan oʻziga maqbulini tanlab olishi oʻz ixtiyoridadir, shu bois mazkur xatti-harakatlari oldindan belgilab qoʻyilishiga qaramay ular uchun aynan insonning oʻzi masʼuldir. Gʻazzoliyga koʻra, jon xudo singari fazodan tashqarida, olam Xudo tomonidan yaratilgan. Gʻazzoliyning diniy tizimi tasavvufni anʼanaviy islom bilan birlashtirdi. Gʻazzoliy gʻoyalari islom tafakkuriga va oʻrta asr Yevropa falsafasiga taʼsir koʻrsatdi. Gʻazzoliyni zamondoshlari „Hujjat ul-islom“ („Islom dalili“) deb ulugʻlashgan.
U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan kechirdi. Shundan so‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yo‘ldan topa olmasligini tushunib, mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini o‘rganishga kirishdi. Oradan 11 yil o‘tgach, imom G’azzoliy yana madrasaga qaytib, talabalarga tahsil bera boshlaydi. U butun umrini haqiqatni odamlarga tushuntirish va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi.
G’azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini sanab o‘tamiz: «Faylasuflarning maqsadlari», «Faylasuflarning raddiyasi», «Din haqidagi fanning tug‘ilishi», «Olam javoni» va h.k.
* * *
Imom G’azzoliy juda ko‘pni ko‘rgan, o‘qigan va bilgan zot bo‘lishiga qaramay, uni faqat arab shoiri Labidning mana bu misrasi zavqlantirgan: «Ollohdan o‘zga hammasi yolg‘on emasmi?»
* * *
Aqoid ilmining bilimdonlaridan biri Suyutiy Imom al G’azzoliy haqida shunday yozgandi: «Agar Muhammad alayhissalomdan keyin yana bir payg‘ambar dunyoga kelishi mumkin bo‘lganda, bunday saodat shubhasiz al G’azzoliyga nasib etardi».
* * *
«Ollohni anglashdan avval o‘zni anglamoq joiz», — deydi G’azzoliy.
* * *
Ko‘rgan narsangnigina qabul et, eshitganlaringni unut: Quyosh bosh ko‘targach, Zuhalni tomosha qilishdan bizni mahrum qiladi.
* * *
Shubha haqiqatga olib boruvchi yo‘ldir. Kim shubhalanmas ekan, hech narsani ko‘ra olmaydi. Ko‘rishdan mahrum odam esa tushunolmaydi. Tushunishdan mahrum kimsa misoli so‘qir kabi yo‘ldan adashadi.
* * *
Avvalo shuni tushunib olish joizki, Olloh haqidagi bor haqiqatni va Uning ulug‘vor mohiyatini faqat Ollohning O’zigina biladi. Bundan hayron bo‘lmaslik joiz: farishtalar haqidagi haqiqatni farishta, payg‘ambarlar to‘g‘risidagi haqiqatni payg‘ambargina bila oladi. Hatto shogird to ustozining darajasiga yetolmas ekan, uni chinakamiga tushunolmaydi. U ustozining darajasiga yetgandan keyingina o‘zini ustozi kabi anglay boshlaydi...
* * *
Tirik mavjudotlarning quyi darajadagi turlari: chumoli va chivinlarni ham faqat chumoli hamda chivinlargina anglay oladi. Afsuski, faqat insongina o‘zi haqida haqiqiy bilimga ega emas. Biz o‘zimizni faqat sirtdan — u yoki bu qilmishimiz va tashqi qiyofamiz orqali bilamiz. Ruhiy mohiyatimizni bilishga urinmaymiz.
* * *
Payg‘ambarimiz shunday degandilar: «Uch narsadan: shubha-gumondan, yomon xayollardan va havasdan hech kim qutulolmaydi. Men sizga ulardan xalos bo‘lish yo‘lini aytaman. Agar gumonsirasang tekshirma, yomon xayollar kelsa, ulardan qoch, havasing kelgan narsaga ega bo‘lish istagidan o‘zingni tiy».
* * *
Payg‘ambardan so‘radilar: «Xalqlarning kulfatiga nimalar sabab bo‘ladi?» U zot shunday javob qaytardilar: «Manmanlik, gerdayish, takabburlik, raqobat, tarqoqlik va hasad xalqlarga kulfat keltiradi. Ana shular tufayli avval xalqlar o‘rtasida ajralish yuz beradi, so‘ngra tartibsizlik boshlanadi».
* * *
Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam bo‘lsa, har ikkisining orasidan yana bir olam — ruhiy olam o‘rin olgan.
* * *
Buyuk va qudratli Tangri barcha bandalariga murojaat qilib: «Ilmni sizlarga oz miqdorda berdim», dedi.
Darvoqe, olamdagi barcha tafakkur egalari yig‘ilishib bosh qotirganda ham loaqal Uning chumoli va chivinni qay tariqa yaratganiga oid ilmi va zakosini anglab yetolmaydilar, bu masalaning o‘ndan birini ham yecholmaydilar. Inson faqat Olloh buyurgan ilmnigina egallashga qodir.