“Insonga eng itoatsiz a'zo tildir. Til insonni yoʻldan ozdirishda shaytonning eng kuchli qurolidir”
“Bilgin! Kimki tilning jilovini boʻsh qoʻyib yuborsa, shayton uni minib oladi, jar yoqasiga haydab, halokatga sudraydi. Odamlar tillari «ekkan hosil»lar tufayli jahannamga yuz tuban qulaydi”
“Olov oʻtinni yeb bitirgani kabi, hasad ham insonning goʻzal amallarini yeb bitiradi”
“Odob – ilmdan ham ulug'dir”
“Odob bilan yashash, har bir harakatingda aql va adolatni ko'zlab yur”
“Odob — insonning ziynatidir”
“Odob bilan ish tut, chunki odob insonni oliy maqomga yetkazadi”
“Albatta, Alloh haqsoʻz qiluvchi va halol yoʻl koʻrsatuvchidir.”
“Himmat – odamni ulugʻ maqomga yetkazadi, himmatsizlik esa pastlikka yuz tutadi”
“«Ummatimning yomoni shunday kishilarki, toʻkin-sochin oziqlanadilar, xilma-xil taomlar yeydilar, alvon-alvon kiyimlar kiyadilar va tinimsiz vaysab, gapdonlik qiladilar»”
“Bu olamning fitnasi tinglashdan koʻra gapirish suyukliroq boʻlib qolgani tufaylidir. Chunki, eshitishda - salomatlik, gapda - ziynatlash, ortiqchalik va nuqson bor”
“Gap kumush boʻlsa, sukut oltindir.”
“Koʻzning koʻrishi emas, qalbning koʻrishi haqiqatni beradi.”
“Olimning eng oliy maqomi – husni xulq.”