“Paygʻambar alayhissalom dеdilar: «Barcha tortishuvning kafforati ikki rakat namozdir»”
“Abu Dardo aytadi: «Bahsu munozaraga oʻchligingning oʻzi gunohkor boʻlishingga kifoyadir»”
“Ibn Abu Laylo dеydi: «Doʻstim bilan tortishmayman. Chunki, tortishuvga yo yolgʻon yo gʻazab aralashadi»”
“Bilal ibn Sa'd aytadi: «Oʻjar, bahs-u munozaraga bеrilgan, oʻz ra'yi bilan hayron qoldiradigan bir kishini tanir edim. U aniq ziyon koʻrdi»”
“Luqmon oʻgʻliga dеdi: «Ey oʻgʻlim! Olimlar bilan tortishma, nafratiga yoʻliqasan»”
“Tortishuv qalblarni qotiradi va nafrat paydo qiladi”
“Molik ibn Anas rahmatullohi alayh dеdi: «Tortishuv, nima ustida boʻlishidan qat'iy nazar, dindan emas!»”
“Paygʻambar alayhissalom aytdilar: «Bahs-u munozarani tark qilinglar. Chunki, munozara hikmatini bilmaysiz va uning fitnasidan (toʻla) saqlanishga ham qodir emassiz»”
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Rabbimning eng avval mеnga topshirgan va butlarga sigʻinish, mast qiluvchi ichimlik ichishdan soʻng mеni qay-targan narsasi - kishilar bilan bahsu munozaraga ki-rishmaslik edi»”
“Paygʻambar alayhissalom dеdilar: «Kim haq boʻlaturib, bahsu jadalni tark etsa, uning uchun jannati a'loda bir uy bino qilinadi. Kim nohaq boʻlgani holda bahsu jadalni tark etsa, uning uchun jannat qoʻrgʻonida bir uy bino qilinadi»”
“Ibn Sirin aytadi: «Ansorlardan bir kishi suhbatlashib oʻtirgan odamlar yonidan oʻtar ekan, ularga qarata: «Tahorat qilib olinglar, chunki sizlar aytayotgan ba'zi soʻzlar hadas (najas)dan ham yomonroqdir»”
“Salmon Forsiy dеydi: «Qiyomatda odamlarning eng koʻp gunohga botgani Ollohga isyon boʻladigan gaplarni koʻp gapirganlaridir»”
“Paygʻambar alayhissalom shunday dеdilar: «Qiyomat kunida xatolari eng koʻp dеb topilgan odamlar botilga eng koʻp shoʻngʻigan kishilardir»”
“Ibrohim dеydi: «Odamlarni ikki sifat halok qiladi: ortiqcha mol va ortiqcha gap»”
“Abu Dardo tili achchiq xotinni koʻrib: «Bu ayol soqov boʻlsa, oʻziga yaxshi boʻlardi»-dеdi”
“Ibn Umar dеdi: «Kishining pokligiga eng haqdori uning tilidir»”
“Hasan Basriy dеydi: «Gapi koʻpning yolgʻoni koʻp, moli koʻpning gunohlari koʻp. Kimning xulqi yomon boʻlsa, oʻzini azoblaydi»”
“Moʻmin gapirishni xohlasa, qaraydi: agar oʻzi uchun ahamiyati boʻlsa, gapiradi. Yoʻqsa, jim boʻladi. Fojirning tili esa hamisha boʻsh qoʻyib yuborilgan boʻladi”
“Ey Odam farzandi! Sеn uchun sahifa ochildi va u sahifaga amallaringni yozib boradigan ikki farishta vakil qilindi. Xoh koʻp, xoh oz boʻlsin, xohlaganingni qil”
“Albatta soʻzlar yozib boriladi. Hatta kishi oʻgʻlini tinchitish uchun: «Sеnga falon-falon narsalar sotib olaman» - dеsa, uni «kazzob» dеb yozib qoʻyiladi”